×
Germaniya bilan ta`lim aloqlari o`rnatilmoqda

Bugun, 3-aprel kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi xorijda òqish va ishlash istagida bòlgan talabalar ishtirokida, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Buxoro filiali hamda Tatariston Respublikasida faoliyatini amalga oshirib kelayotgan "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

"Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi bilan Òzbekiston Respublikasi òrtasida  malakali mutaxasisislar tayyorlash va malakasini oshirish hamda kelgusida mazkur iqtisodiy zonada bandligini ta`minlash va Rossiya Federatsiyasi hududida kasbiy ta`lim va amaliyot òtash uchun kadrlarni jalb qilish choralari tòg`risida hamkorlik loyihasi yòlga qòyilgan.

Ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan uchrashuvda "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi vakili tomonidan talabalarga loyiha imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma`lumot berib òtdi.