×
"Professional ta`lim muassasalarida ilg`or tajriba maktabi" mavzuda amaliy seminar tashkil etildi.

Professional ta`lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish,  zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta`lim sifatini oshirish, ilg`or ish tajribalarini almashish maqsadida bugun, 27-aprel kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida "Professional ta`lim muassasalarida ilg`or tajriba maktabi" mavzuda amaliy seminar tashkil etildi.  

Seminarda viloyatdagi  professional ta`lim muassasalari o`quv metodik ishlar bo`yicha uslubchilari hamda Buxoro muhandislik va  texnologiyalari instituti, Sanoat ekologiyasi kafedrasi assistenti, doktorant Mehriniso Axmedova hamda katta o`qituvchi  Shoxista Xolovalar ishtirok etishdi. 

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan ta`lim jarayonida o`quv -uslubiy ishlarni rejalashtirish va tashkil etish, meyoriy hujjatlarni yuritish, yangi ilg`or texnologiyalar asosida innovatsion metodlar yordamida mashg`ulotlarni o`tash, shu bilan birgalikda o`quv amaliyot xonalarida tashkil etiladigan jarayonlar va jihozlardan foydalanish bo`yicha  o`zaro hamkorlikda  fikrlar almashildi.

Shundan so`ng seminar ishtirokchilari texnikumning "Turizm" va "Buxgalteriya" yo`nalishlarida  tashkil etilgan namunaviy ochiq darslarda  va amaliy  mashg`ulotlar jarayonlarida ishtirok etdilar, seminar yakunida  dars jarayonini o`zaro  tahlil qilib, o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Bunday amaliy seminarlarning tashkil etilishi ta`lim muassasalari òrtasida òzaro tajriba almashinuvida va ta`lim sifatini yaxshilashda samarali natija beradi.