×
Yosh kitobxon ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi

Mamlakatimizda yoshlar o`rtasida  kitobga bo`lgan muhabbatini  oshirish, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish maqsadida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bilan Respublika miqiyosida "Yosh Kitobxon" tanlovi tashkil etilgan bo`lib, mazkur tanlov  barcha yosh toifalarida o`tkazib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 21-dekabr kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi talabalari o`rtasida "Eng yaxshi kitobxon" ko`rik- tanlovi bo`lib o`tdi.

Ko`rik- tanlov 5ta shart asosida o`tkazilib barcha shartlar ishtirokchi hakamlar hay`ati a`zolari tomonidan baholab borildi. Ishtirokchilarning shartlar asosida yig`gan ballarariga ko`ra texnikumning Buxgalteriya 2-21 guruhi talabasi Samadova Oysha  "Eng yaxshi kitobxon"  nominatsiyasi g`olibi bo`ldi. 

Bundan tashqari ishtirokchilar "Eng faol kitobxon", "Eng ijodkor kitobxon" nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.