×
Mahorat darsi

Joriy yilning 16-dekabr sanasida Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi maxsus fan o`qituvchilari  D.Sh Zakirova va X.M Salimova tomonidan Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish Ot 1-22 guruhi hamda  Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish yo`nalishi Mr 1-21 guruhi talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Dars Buxoro shahrida joylashgan "Terakzor" restoranida bo`lib o`tdi.   Dars mavzusi "Yaxna taom va gazaklarni tortiq qilish. Mijozlar bilan hisob-kitob qilish" bo`lib restoranning bosh ofitsianti  Avizov Mironshox talabalarga  gazaklarning turlari, taomlarning tortiq qilish usullari va mijozlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini ko`rsatib o`tdi.