×
"Kassa va kassa operatsiyalari hisobi’’ mavzusida ochiq dars o`tkazildi

2022-yil 15-dekabr kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida Buxgalteriya yo`nalishi, Bux 1-21 guruhida “ Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” o‘quv amaliyotidan “Kassa va kassa operatsiyalari hisobi’’  mavzusida ochiq dars o`tkazildi.  Ochiq darsni texnikumning maxsus fan o`qituvchisi Karimova Xurshida  Raximovna o`tkazdi. 

Mavzu  mohiyatini chuqur tushinib  yetishlari maqsadida dars ko‘rgazmali amaliy, suhbat, bahs-munozara tarzida bo`lib, talabalar guruhlarga bo‘linib ishlashdi.

Yangi yil bayrami arafasi bo`lganligi uchun darsda "Archa" o`yini,  "Rolli" o`yini usullaridan foydalanildi,  guruhlar archa o`yinchoqlari ichida yashirilgan savollarga javob berdilar. Bu darsning yanada qiziqlarli o`tishida yordam berdi.

Dars so`ngida talabalar mavzu yuzasidan Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalarini tashkil etishning nazariy asoslari va 

 amaliy jihatlari haqida yanayam chuqur ma`lumot va bilimga ega bo`ldilar.