×
Buyuk Ajdodlar yodi nomli tadbir o`tkazildi

Yoshlarini ilm-fanga jalb qilish va ularni ota-bobolarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida  Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida  qator tadbirlar va  madaniy- ma’rifiy kechalar o’tkazib kelinmoqda.

Jumladan joriy yilning 22-noyabr kuni  o’z faoliyatini ta’lim va tarbiyani yuksaltirish,  barkamol avlodni tarbiyalash masalasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan jadidchilik harakati  namoyondalari  Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Munavvar Qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatiga bag’ishlangan “Buyuk ajdodlar yodi” nomli tadbir bo’lib o’tdi. 

Tadbirda talabalar  allomalarning  hayoti  va  faoliyati, millat  ravnaqi, mustaqillik yo’lida olib borgan ishlari haqida aytib o’tib, ularning ijodidan parchalar namoyish qildilar