×
27 sentyabr - Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan Buxoro turizm texnikumida “Turizm va yoshlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

27 sentyabr - Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan Buxoro turizm texnikumida “Turizm va yoshlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Z.Shaxriyorov, texnikum rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda Buxoro shahridagi bir qator umumta’lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchilar tomonidan namoyish etilgan karving san’ati, ekoturizm, mehmonxona xizmati, turoperatorlik, milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmasi, milliy va xorijiy taomlar namoyishlari, turizmda marketing sohasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirga tashrif buyurgan umumta’lim maktablari o‘quvchilarining turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziktirgan savollarga javob olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2020 Buxoro Turizm Texnikumi

Ma'lumotlar uchun

  • Buxoro shahar, Sanoatchilar ko‘chasi,
    26 uy

  • Telefon: +998 (65) 222-56-19,
    +998 (65) 222-56-38

  • Faks: 065-222-56-19